Shayboniyxon shaxsiyatiga chizgilar (+video)
Tarixdagi madaniy yuksalishlar davri markazlashgan va qudratli davlatlarning tashkil topishi bilan bog‘liq.
Shu bilan birga, bu davlatlardagi hukmdorlarning ilm-fan sohasidagi islohotlari, shaxsiy xohish-istaklari, fan va madaniyat sohasi vakillariga homiyligi singari omillar ham madaniy rivojlanishga xizmat qilgan.
O‘zbek davlatchiligi tarixida bir asr hukmronlik qilgan shayboniylar sulolasining ilk vakili Muhammad Shayboniyxon va uning vorislari siyosiy, harbiy ish tarixi yetarli darajada tadqiq etilgan bo‘lsa-da, ammo ushbu sulola vakillarining ilm-fan va adabiyot sohasidagi faoliyati, ilm va ijod ahli bilan munosabatlari tarixiy jihatdan deyarli o‘rganilmagan.
"Tarixiy haqiqatlar" loyihasining bugungi sonida Shayboniyxon shaxsi va "Shayboniylar sulolasi" haqidagi ma’lumotlarga oydinlik kiritamiz.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/H408Bvr4-Qo" title="Shayboniyxon shaxsiyatiga chizgilar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA