Shahnoza Abdullayeva “Tour of Bostonliq” poyg‘asining ilk bosqichida g‘alaba qozondi
Toshkent shahrida veloshosse bo‘yicha “Tour of Bostonliq” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning ilk kuni O‘zbekiston ayollar terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Musobaqa doirasida o‘tkazilgan 86 kilometrlik birinchi bosqichda “7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team” jamoasi a’zosi Shahnoza Abdullayeva finish chizig‘ini 2 soat 28 daqiqa 39 soniyada birinchi bo‘lib bosib o‘tdi. Mazkur yo‘nalishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlar xitoylik Chjou Sin va Jan Xaoga nasib etdi.


Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA