Rassomlar uchun bahorgi plener tashkil etildi
O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamda “Art-Karvon” rassomlar guruhi hamkorligida Toshkent viloyati Parkent tumani Bo‘ston qishlog‘ida bahorgi plener tashkil etildi.
Mazkur plenerda “Art-Karvon” guruhi a’zolari — rossiyalik rassomlar Irina Kovalenko, Natalya Vernoslova, Marina Komissarova, Mariya Kovalenko, Aleksandr Titov, shuningdek O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari Olimjon Fozilov, Murodjon O‘rmanov, Jumaboy Musayev, Chorshanbi Shamsiyev hamda rassom Anvar Kobilov ishtirok etdi.

Plener davomida rassomlar tabiat manzaralari, qishloq hayoti va bahoriy kayfiyatni o‘z asarlarida aks ettirdi. Ishtirokchilar ijodiy muloqot qilib, o‘zaro tajriba almashdi.

Plener yakunida ishtirokchilar rassom Murodjon O‘rmonovning ijodiy ustaxonasida bo‘lib, uning ijodi bilan yaqindan tanishdi. Rassom o‘z asarlari va ijodiy izlanishlari haqida so‘zlab berdi. Ustaxonada namoyish etilgan asarlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

G.Boboyeva,
O‘zA