Qiziqarli va samarali mashg‘ulotlar
Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Farg‘ona viloyatida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Farg‘ona viloyatida ham izchil ishlar amalga oshirilmoqda.O‘zbekiston tumanidagi 49-umumta’lim maktabida tashkil etilgan ingliz tili xonalari zamonaviy audio va videouskunalar, ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlangan. Ayni paytda bu yerda besh nafar ingliz tili o‘qituvchisi yoshlarga saboq bermoqda.
–1-sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan ingliz tili mashg‘ulotlarida asosan og‘zaki nutqni rivojlantirishga, tinglab tushunish va tushunib tinglash usullariga e’tibor qaratmoqdamiz, - deydi ingliz tili fani o‘qituvchilaridan biri Muattar Mamarahimova. – Ushbu fan yo‘nalishida tashkil etilgan to‘garaklarda ham o‘g‘il-qizlar xorijiy tilni katta qiziqish bilan o‘rganmoqda.