Şeʼriyat va qalb şoirasi (+video)
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida uyuşma aʼzosi, ijodkor Gulçehra Şahobiddin qizining "Yoriltoş" nomli kitobi taqdimoti bölib ötdi.
Adabiyot — inson qalbidagi tuyğular, yillar davomida yiğilgan keçinmalar va hayot haqiqatlarining sözga köçgan ifodasidir. Har bir kitob esa muallifning öziga xos olami, dunyoqaraşi va öquvçi bilan qurgan samimiy suhbatidir. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida uyuşma aʼzosi, ijodkor Gulçehra Şahobiddin qizining "Yoriltoş" nomli kitobi taqdimoti bölib ötdi.
Gulçehra Şahobiddin qizi — yurt xizmati yölidagi zahmatli mehnatdan çöçimaydigan, ijod va maʼrifatni hayotning muhim mezoniga aylantirgan fidoyi ijodkor. Uning adabiyotga sadoqati, sözga masʼuliyati va jamoatçilik faoliyati yillar davomida şakllangan ijodiy qiyofasida yaqqol namoyon böladi.
Adabiyot ixlosmandlari, taniqli ijodkorlar, adabiyotşunos olimlar, ziyolilar va jamoatçilik vakillari iştirok etgan adabiy tadbir şoiraning serqirra ijodi, milliy adabiyotimiz rivojiga qöşayotgan hissasi, şeʼriyatiga xos badiiy tafakkuri va ijodiy izlanişlariga bağişlandi.
Taqdimot davomida kitobning mazmun-mohiyati, badiiy qimmati va muallif ijodining öziga xos jihatlari haqida fikrlar bildirildi. "Yoriltoş" kitobining taqdimoti şoiraning navbatdagi ijodiy izlanişlari, adabiyotga sadoqati va söz sanʼatiga bölgan yuksak masʼuliyatining ifodasi böldi. Kitobning ramziy nomiyoq öquvçini çuqur muşohadaga, hayot va inson haqidagi öylarga, badiiy tafakkur olamiga çorlaydi.
Muhayyo Turdaliyeva, Oybek Davronov, Salimjon Obidjonov, ÖzA