Polina Kudermetova Madridda chorak finalga chiqdi
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining ikkinchi raqamli tennischisi Polina Kudermetova Ispaniyada o‘tayotgan xalqaro turnirda chorak finalga chiqdi.
Tennischimiz Madrid shahrida davom etayotgan WTA125 toifasidagi “Grand Prix Open” turnirining ilk bosqichida misrlik Mayar Sherifni 6:1, 7:5 hisobida taslim etdi. Ikkinchi davrada fransiyalik Jessika Ponchshetni 6:1, 6:2 hisobida mag‘lub etib, 1/4 final bosqichi ishtirokchisiga aylandi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA