Paxta yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishishning muhim omillariga e’tibor qaratildi
FOTOREPORTAJ
Namangan tumani “Paxtabod” MMTP hududida joylashgan “Yoqiboy ota” fermer xo‘jaligida chigit ekishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari A. Hakimov, qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari, tajribali fermerlar hamda dehqon xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi.
[gallery-28360]
Ta’kidlanishicha, joriy mavsumda tumanda 3998 gektar maydonga chigit ekilib, har gektaridan o‘rtacha 55,2 sentnerdan, jami 21545 tonna paxta xomashyosi yetishtirish maqsad qilingan.
Seminar davomida paxta yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishishning muhim omillari, xususan, sifatli urug‘lik tanlash, chigitni optimal muddatlarda ekish, yerga zamonaviy usullarda ishlov berish hamda agrotexnik tadbirlarni samarali tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va umumiy samaradorlikni oshirish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Amaliy qismda mutaxassislar tomonidan chigit ekish jarayoni bevosita dala sharoitida ko‘rsatib berildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berildi.
Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA