Sport maktabida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyatida aholi, ijtimoiy soha ob’ektlari hamda qishloq xo‘jaligi maydonlarini tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda.
[gallery-28365]
Jumladan, Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda viloyat sport boshqarmasi tasarrufidagi Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi bilan hamkorlikda maxsus-taktik o‘quv mashqi tashkil etildi.
Unda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish va yong‘inlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA