Pashinyan: Yangi konstitutsiya matni kelgusi oylarda e’lon qilinadi
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan yangi konstitutsiyani qabul qilish kun tartibi faqat arman tiliga tegishli ekanini ta’kidlab, loyihada 1990-yildagi Mustaqillik deklaratsiyasiga havola bo‘lmasligi kerakligini yana bir bor eslatdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat matnni kelgusi oylarda e’lon qiladi.
Shuningdek, hukumat boshlig‘i TRIPP loyihasi bevosita Armaniston va Ozarbayjon temir yo‘l tizimini birlashtirib, mamlakatni xalqaro tarmoqqa ulashini ta’kidladi. Ya’ni, Ozarbayjon orqali o‘tadigan yo‘l Armanistonni Rossiya va Markaziy Osiyo bilan bog‘laydi, Fors ko‘rfazi va Qora dengiz o‘rtasida aloqa o‘rnatadi, Eronga temir yo‘l ochadi.
Bundan tashqari Pashinyan Rossiyadan “moslashuvchanlik ko‘rsatish” hamda Armaniston temir yo‘llari uchun konsessiya huquqini Yerevan va Moskva uchun maqbul uchinchi davlatga sotishni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu temir yo‘l Armaniston mulki bo‘lib, faqat RF temir yo‘llari tomonidan boshqariladi.
– Biz xalqaro tarmoq bilan uyg‘unlashish uchun tarixiy imkoniyatni qo‘ldan boy berolmaymiz, – dedi u.
S.Rahimov, O‘zA