Peru Yaqin Sharqdagi inqiroz sabab Eron bilan diplomatik aloqani uzdi
Peru Yaqin Sharqda vaziyat keskinlashuvi hamda Vashington va Tehron o‘rtasidagi harbiy qarama-qarshilik qayta avj olishi asnosida Eron bilan diplomatik munosabat to‘xtaganini ma’lum qildi.
Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi bildirishicha, ushbu qaror Limaning tinchlikni saqlash masalasiga tarixiy yondashuvi, xalqaro huquq me’yoriga hurmat va demokratiya qadriyatini himoya qilish tamoyilidan kelib chiqib qabul qilingan.
Peru tomoni Tehronda inson huquqi va erkinligi ahvoli, jumladan “namoyishlar shafqatsizlarcha bostirilishi, so‘z va matbuot erkinligi cheklanishi, xotin-qizlar va qizlar kamsitilishi hamda siyosiy muxolifat ta’qib qilinishi”ga alohida urg‘u bergan. Bundan tashqari, global savdoga tahdid solayotgan xavf-xatar ham muhim omil sifatida ko‘rsatilgan.
Hukumat bahordan beri Hurmuz bo‘g‘ozida kema harakatida uzilish kuzatilayotganiga e’tibor qaratib, vaziyat yanada keskinlashsa, energiya resurslari narxi oshib, jahon ta’minot zanjiriga jiddiy zarar yetishi mumkinligidan хавотир bildirgan.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA