O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
Poytaxtimizda joylashgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Eng yirik islom sivilizatsiyasi muzeyi” nominatsiyasi bo‘yicha “Guinness World Records”ning rasmiy rekordiga kiritildi.
Tantanali taqdirlash marosimida tashkilotning rasmiy vakili, sudya Sheyda Subasi ishtirok etib, Markaz barcha xalqaro mezon va standartlarga to‘liq javob berishini tasdiqladi.
Qayd etilishicha, mazkur majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan yirik ilmiy-ma’rifiy va muzey loyihasidir. Unda mamlakatning boy madaniy merosi, ilmiy salohiyati va zamonaviy texnologiyalar yagona makonda uyg‘unlashtirilgan.
Sudya Sheyda Subasi Markaz faoliyatiga yuqori baho berarkan, mazkur majmua nafaqat hajmi jihatidan, balki konseptual yondashuvi bilan ham alohida ahamiyatga ega ekanligini alohida e’tirof etdi.
D.Hakimov, O‘zA