O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda
O‘zbekiston korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan kabel-sim mahsulotlari, elektrotexnika yechimlari hamda sanoat salohiyati xalqaro maydonda yuqori darajada baholanmoqda.
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tayotgan “Wire & Tube Düsseldorf 2026” xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari boshchiligida yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari o‘z ishtiroklarini boshladilar.

“Wire & Tube Düsseldorf 2026” – kabel, sim, quvur va metallurgiya sanoati yo‘nalishida dunyoning yetakchi kompaniyalarini birlashtiruvchi yirik platforma sanaladi. Unda ishtirok etish milliy ishlab chiqaruvchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Ko‘rgazma davomida xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar o‘tkazish, yangi aloqalarni yo‘lga qo‘yish hamda eksport geografiyasini kengaytirish maqsad qilingan.

A.RUSTAMOV, O‘zA