O‘zbekistondagi etnik ozchiliklar tarixi (boltiqbo‘yiliklar misolida)
Ravshan XOMITOV dotsent tarix fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Toshkent, O‘zbekiston xamitovravshan7@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada ko‘pmillatli O‘zbekistonda boltiqbo‘yiliklarning diasporasi tarixi arxiv hujjatlari, tadqiqot xulosalaridan kelib chiqib tadqiq qilingan va ushbu xalqlarning dastlabki ko‘chib kelish davrdan hozirgi kungacha bo‘lgan hayoti ko‘rsatib berilgan. Unda o‘zbek xalqining bag‘rikengligi hamda boltiqbo‘yiliklar bilan o‘zaro munosabati yoritilib, bu omillar hozirgi sharoitda “xalq diplomatiya”si sifatida davlatlarning aloqalarida muhim o‘rin egallagani alohida ta’kidlangan.
Tayanch so‘zlar: bag‘rikenglik, boltiqbo‘yilik, diaspora, millatlararo munosabatlar, etnik ozchilik, ko‘chirish, migratsiya, deportatsiya.