Oʻzbekistonda mahalla institutining tarixiy rivojlanish bosqichlari
Dilshodbek Tursunboy o‘g‘li KOMILOV tarix fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktori Kokand University Andijon fililali Andijon, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekistonda mahalla institutining tarixiy shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan. Unda mahallaning qadimgi davrlardagi ijtimoiy boshqaruv va o‘zini o‘zi tartibga solish tizimi sifatidagi o‘rni, o‘rta asrlar hamda mustamlaka davrida uning funksional xususiyatlaridagi o‘zgarishlar yoritilgan. Shuningdek, sovet davrida mahalla institutining cheklangan ijtimoiy rolga ega bo‘lgani hamda mustaqillik yillarida fuqarolik jamiyatining muhim bo‘g‘ini sifatida qayta tiklanib, huquqiy va institutsional jihatdan mustahkamlangani ilmiy asosda bayon etilgan. Tadqiqot maqsadi mahalla institutining jamiyat barqarorligini ta’minlash, ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish va milliy qadriyatlarni saqlashdagi ahamiyatini ochib berishga qaratilgan.
Tayanch so‘zlar: mahalla instituti, fuqarolik jamiyati, o‘zini o‘zi boshqarish, an’anaviy ijtimoiy tuzilma, ijtimoiy boshqaruv mexanizmlari, mahallaning huquqiy asoslari, ijtimoiy hamkorlik, milliy qadriyatlar.