O‘zbekiston va Norvegiya: innovatsiyalar sohasida hamkorlik kengaytiriladi
Oliy Majlis Senatiga Norvegiya Qirolligining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Xelen Sand Andresen tashrif buyurdi.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida parlamentlararo aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va tegishli qo‘mitalar o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, siyosiy muloqotni faollashtirish, savdo, iqtisodiyot, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, ta’lim va innovatsiyalar sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil davom ettirishga tayyor ekanini bildirdi.
N.Abduraimova, O‘zA