Navoiyda sport musobaqalari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda
FOTOREPORTAJ
Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” hamda “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga start berilgan edi.
[gallery-28358]
Marosimda viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i J. Murtozayev, Navoiy shahar hokimi D. Ergashev, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasining Navoiy viloyati hududiy bo‘linmasi ijrochi direktori F. Rahmonov, shuningdek, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, sportchi yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Musobaqalar uch bosqichda tashkil etiladi: 1-bosqich — “Tuman va shahar hokimi olimpiadasi”, 2-bosqich — “Viloyat hokimi olimpiadasi”, 3-bosqich — “Prezident olimpiadasi”.
Mazkur musobaqalar yosh sportchilar uchun keng imkoniyatlar maydoni bo‘lib, yangi iste’dodlarni kashf etish hamda kelajak Olimpiya chempionlarini tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu munosabat bilan Navoiy shahridagi yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” musobaqasining dzyudo bo‘yicha shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi 13–14 yoshli, dzyudo sporti bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan yosh sportchilar ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Tadbirda sport maktabi rahbarlari, Milliy olimpiya qo‘mitasining Navoiy viloyati bo‘limi ijrochi direktori Farhod Rahmonov, sportchilar, hakamlar va murabbiylar ishtirok etdi.
“Navoiy shahar hokimi olimpiadasi”da 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan sportchilar musobaqaning keyingi bosqichi — “Viloyat hokimi olimpiadasi”da ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Siroj ASLONOV(surat),O‘zA