Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan Elyor Umaraliyevich Ahmadaliyev Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U mazkur lavozimda mehnat qilgan Bunyodjon Sohibnazarovich Egamnazarovning o‘rnida ishga kirishdi.
Elyor Ahmadaliyev 1987 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Podpolkovnik harbiy unvoniga ega.
Yangi tayinlovga qadar Respublika Favqulodda vaziyatlar akademiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Elyor Ahmadaliyev yangi rahbar sifatida Namangan viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda jamoatchilikka rasman tanishtirildi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.