Mbappe jiddiy jarohat olgan Ugo Ekitikeni qo‘llab-quvvatladi
«Liverpul» hujumchisi Ugo Ekitike seshanba kuni Chempionlar ligasi doirasida «PSJ»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda og‘ir jarohat oldi.
Hujumchi 2026-yilning yakuniga qadar maydonga tusha olmaydi — uning tiklanish jarayoni taxminan to‘qqiz oy davom etishi mumkin.
Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasidagi sherigining jarohatiga munosabat bildirdi. U ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida Ekitikening maydonda og‘riqdan qiynalib yotgan suratini joylashtirdi. Kilian Ugoning sahifasini belgilab, o‘z daldasini ifodalovchi bir nechta emojilarni qo‘shib qo‘ydi.