Mbappe JCh-2026 da Ronaldu va Neymarga qarshi o‘ynashni orzu qilayotganini aytdi
Fransiya terma jamoasi jahon birinchiligining guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va Iroq milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Fransiya terma jamoasi va Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2026-yilgi jahon chempionati doirasida Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu ("Al-Nasr") hamda Braziliya terma jamoasi vingeri Neymar ("Santos") bilan to‘qnash kelishni istashini bildirdi.
"Men jahon chempionatida Krishtianu [Ronaldu] va Neymarga qarshi o‘ynashni orzu qilaman. Bu ularning faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati bo‘ladi...", — deya Mbapening so‘zlarini keltirmoqda insayder Fabritsio Romano Sorare YouTube-kanaliga tayanib.
Fransiya terma jamoasi jahon birinchiligining guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va Iroq milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.