Tuxel: “Keynning vaziyati odatda gol bilan yakunlanardi”
O‘yin davomida kerakli tempni topdik, ammo buning uchun mukofot ola olmadik
Tomas Tuxel JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida Gana bilan kechgan va 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvdan so‘ng Harri Keynning foydalanilmay qolgan imkoniyatiga munosabat bildirdi.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, Angliya g‘alaba qozonish uchun yetarlicha vaziyatlar yaratgan, biroq ulardan foydalana olmagan.
"Odatda bunday vaziyatlar biz uchun yuz foizlik gol hisoblanadi. Bu juda yaxshi imkoniyat edi, undan keyin yana bir vaziyat yaratdik. Biz gol urishga loyiq edik. Uchrashuv qiyin kechishini bilardik. Raqib birinchi o‘yindagidan ham ehtiyotkorroq harakat qildi va 4-5-1 sxemasida himoyalandi.
O‘yin davomida kerakli tempni topdik, ammo buning uchun mukofot ola olmadik", — dedi Tuxel.
Uchrashuvdagi eng xavfli vaziyat 86-daqiqada yuz berdi. Keyn 5-6 metr masofadan turib to‘pni bir teginishda darvozaga yo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldi, biroq zarba darvoza ustidan o‘tib ketdi.
Angliya milliy terma jamoasi ikki turdan so‘ng 4 ochko bilan "L" guruhi peshqadami bo‘lib turibdi. Gana milliy terma jamoasi ham 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.