Maktabda ikki smenada o‘qishga chek qo‘yildi
Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi 7-umumta’lim maktabida qo‘shimcha 360 o‘ringa mo‘ljallangan yangi bino qurib, foydalanishga topshirildi.
Toshkent viloyatining Olmaliq shahridagi 7-umumta’lim maktabida qo‘shimcha 360 o‘ringa mo‘ljallangan yangi bino qurib, foydalanishga topshirildi.Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan ushbu maktab binosining qurilishi 1 milliard 300 million so‘m evaziga “Bunyodkor kushon qurilish” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari tomonidan amalga oshirildi.
Ilgari dars 2 smenada tashkil etilgan bo‘lsa, endilikda 1 smenaga o‘tkazildi. Yangi binoda o‘quvchilarning zamonaviy ta’lim olishi uchun barcha qulaylik yaratildi. Xonalar barcha o‘quv qurollari va laboratoriya jihozlari bilan ta’minlandi.