Kredit chiqarib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi (+video)
Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyat boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan faol tadbir natijasida firibgarlikka oid noqonuniy holatga chek qo‘yildi.
Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi 1988-yilda tug‘ilgan A.O. fuqaroga “Agrobank” ATB ishlovchi mansabdor tanishlari orqali 46 milliard so‘m kredit mablag‘larini rasmiylashtirib berish evaziga undan 20 ming AQSH dollarini talab qilgan. Joriy yilning 16-mart kuni u talab etilgan summani olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan IJQK departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan yuqorida qayd etilgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hmzHYyiCikI" title="Kredit chiqarib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A. Musayev, O‘zA