Jahon chempionatida porlashi kutilayotgan futbolchilar (1-qism)
Joriy yilgi mundialda kimlar kashk qilinadi?
Joriy yilning iyun va iyul oylarida Jahon chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tildi. Ushbu turnirda porlashi kutilayotgan 3 nafar futbolchilarga to‘xtalib o‘tamiz.
1. Dezire Due (Fransiya)
Ayni vaqtda dunyoning eng kuchli klublaridan biri va Yevropa chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi hisoblangan PSJ klubi vingeri Dezire Due Jahon chempionatida porlashi kutilayotgan yulduzlardan biri sanaladi. Due jarohatlardan butunlay forig‘ bo‘lgan va ayni vaqtda o‘zining optimal formasiga kirib bormoqda. Bunga misol tarzda yaqindagina bo‘lib o‘tgan FIFA kunlari doirasidagi Kolumbiyaga qarshi bahsni olsak bo‘ladi. 20 yoshli futbolchi ushbu bahsda dublni rasmiylashtirdi. Bundan tashqari klubi safida ham muhim pallalarda jamoasi joniga oro kirib kelmoqda. Due joriy mavsumda umumiy 31ta uchrashuvda maydonga tushgan va o‘z hisobiga 10ta gol va 7ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

2. Arda Gyuler (Turkiya)
Madridning "Real" klubi xavbegi joriy mavsumda o‘zining eng yorqin o‘yinlarini namoyish etmoqda. Ayniqsa Turkiya terma jamoasi libosida u haqiqiy liderga aylanmoqda. Xabi Alonso "qirollik klubi"ni boshqargan vaqtlar Arda uning sehrli tayoqchasiga aylanib ulgurgan edi. Biroq Arbeloa Gyulerning talantiga unchalik ham ishonmayapti. Gyuler terma jamoasining so‘nggi o‘yinlarida haqiqiy yetakchilardek harakatlarni amalga oshirmoqda va jamoaning o‘yini uning atrofida qurilayotgandek tasavvur uyg‘otmoqda. Agar Arda bor salohiyatini namoyish qila olsa, Turkiya terma jamoasi turnir kashfiyoti bo‘lishi ham mumkin. 21 yoshli futbolchi joriy mavsumda umumiy 46ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol va 13ta assistni amalga oshirdi.

3. Estevao (Braziliya)
Braziliyalik yosh va iqtidorli futbolchi joriy mavsumda Londonning "Chelsi" klubida qutqaruvchi vazifasini yaxshi tarzda uddalayapti. Uning so‘nggi o‘yinlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, klub safida u darajada yorqinlik namoyish eta olmayapti. Bunga sabab qilib, "aristakratlar"ning tushunarsiz o‘yinini ko‘rsatsak bo‘ladi. Biroq u terma jamoa safida boshqacha o‘yin namoyish etadi. Ayniqsa Rodrigoning jarohat olib safdan chiqqani Estevao uchun bor iqtidori ko‘rsatish va turnirning kashfiyotlaridan biriga aylanishiga turtki bo‘ladi. U dribling va raqibdan qochib ketishda anchagina yaxshi harakat qiladi va to‘p bilan muomalasi ideal tarzda o‘sib bormoqda. Raqib bilan birga-bir vaziyatlarda esa ikkilanmasdan dribling ishlatib, undan o‘tib ketib hujumni keskinlashtira oladi. Uning o‘yin uslubi Braziliya terma jamoasining sobiq vingeri Duglas Kostaga juda o‘xshash. 18 yoshli iqtidorli futbol joriy mavsum barcha turnirlarda 34ta bahsda ishtirok etib, 8ta gol hamda 4ta golli uzatmani amalga oshirdi.
