Bosniya terma jamoasi posboni Nikola Vasil Janluiji Donnarummani qoraladi
Janluiji italiyalik penaltichilar haqidagi ma’lumotlar yozilgan qog‘ozni yirtib tashlashga harakat qildi.
Bosniya va Gersegovina terma jamoasi darvozaboni Nikola Vasil jahon chempionati saralashi doirasidagi Italiyaga qarshi bo‘lib o‘tgan bahsdagi Donnarummaning harakatlari haqida gapirdi.
"Janluiji italiyalik penaltichilar haqidagi ma’lumotlar yozilgan qog‘ozni yirtib tashlashga harakat qildi. Yaxshiyamki zaxiradagilar va murabbiylar shtabi bunga yo‘l qo‘ymadi. Biz ushbu uchrashuvdagi har qanday ssenariyga tayyor edik. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, bularning hammasidan esankirab qoldim. Bu men uchun yangi tajriba bo‘ldi. Jahon chempionatida ham muxlislarimizni xursand qilamiz", - dedi Vasil.
Bundan tashqari, "Biz Donnarumma bilan bahslasha boshladik. Shundan so‘ng hakamga yuzlandim va uning xatti-harakatlari sariq kartochkaga loyiq ekanini aytdim. Nima bo‘lganda ham biz g‘alaba qozondik. Qolgani esa ahamiyatsiz narsalar" - deya qo‘shimcha qildi.
Ma’lumot uchun, Bosniya va Italiya o‘rtasidagi bahsda g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi va Bosniya g‘alaba qozongan.