Is gazi va yonğin xavfidan ogoh böling
Qiş mavsumida isitiş moslamalaridan notöğri foydalaniş, nosoz peçlar is gazidan zaharlaniş va yonğinlar xavfini oşiradi. Bu körinmas duşmandan saqlaniş yöllarini bilasizmi?
Qiş mavsumi yaqinlaşar ekan, xonadonlarni isitiş zarurati ortadi. Afsuski, bu davrda gaz va muqobil yoqilği (kömir, ötin) isitiş moslamalaridan notöğri foydalaniş yoki xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik tufayli is gazidan zaharlaniş va yonğinlar soni köpayadi. Nostandart, qölbola yoki sertifikatlanmagan isitiş peçlari va anjomlaridan foydalaniş ham köngilsiz oqibatlarga olib keladi. Tahlillar şuni körsatadiki, qiş mavsumida har uçta yonğinning bittasi aynan isitiş moslamalaridan notöğri foydalaniş yoki ularning nosozligi oqibatida yuzaga keladi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassisi Gözal Irmatovaning taʼkidlaşiça, ob-havo harorati pasaygani sayin isitiş moslamalariga ehtiyoj ortadi, bu esa xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik natijasida köngilsiz hodisalar va is gazidan zaharlaniş xavfini oşiradi. Mutaxassis ayniqsa, tungi vaqtda aholi turar joylaridagi isitiş tizimlarini nazoratsiz qoldirmaslikni söraydi. Şuningdek, oşxonadagi tabiiy gazda işlovçi gaz plitalaridan xonalarni isitiş maqsadida foydalaniş qatʼiyan man etiladi. Baʼzida plita ustiga ğişt qöyib xonadonni isitişga urinişlar ham juda xavfli.
Xavfsizlikni taʼminlaş uçun quyidagilarga alohida eʼtibor qaratiş zarur:
Isitiş peçlari va mörilar: Ularning sozligini doimiy tekşirib turiş, turli buyum va tösiqlar bilan berkitilmasligini nazorat qiliş, mörilarni maxsus taşkilotlar tomonidan öz vaqtida tozalatiş muhim.
Havo aylanişi: Xonalarda havo aylanişi yaxşi ekaniga işonç hosil qiliş kerak.
Yonuvçan buyumlar: Isitiş moslamalari yaqinida yonuvçan buyumlarni saqlamaslik lozim.
Gaz uskunalari: Gaz uskunalarini ulaş tartib-qoidalariga qatʼiy rioya qiliş, ularga rezina şlanglar orqali ulanişdan saqlaniş maqsadga muvofiq.
Is gazi rangsiz, hidsiz va taʼmsiz bölgani uçun uning mavjudligini seziş qiyin. Bu esa uni yanada xavfli qiladi. Tabiiy gazning töliq yonmasligi natijasida hosil böladigan is gazi inson organizmiga jiddiy zarar yetkazadi. U öpka orqali qonga tez sörilib, kislorod örnini egallaydi. Natijada organizmda kislorod yetişmovçiligi yuzaga kelib, markaziy asab tizimi şikastlanadi. Bu esa oğir oqibatlarga, hatto ölimga ham olib kelişi mumkin.
Gaz hidini sezganda nima qiliş kerak? Agar xonada gaz hidini sezsangiz, darhol çiroq va uçqun çiqaruvçi moslamalardan foydalanmang. Xonani zudlik bilan şamollating va gaz xizmatiga xabar bering. Özingiz va yaqinlaringizning salomatligini asraş uçun xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qiling!

Mavjud tahlillar şuni körsatmoqdaki, qiş faslida xavfsizlikni taʼminlaş uçun isitiş moslamalari va mörilarning sozligini muntazam tekşiriş, xonalarda yetarliça havo aylanişini taʼminlaş hamda gaz uskunalaridan foydalaniş qoidalariga qatʼiy rioya etilişi köngilsiz holatning oldini olişga xizmat qiladi. Rangsiz va hidsiz is gazining hayot uçun öta xavfliligini inobatga olib, uning oldini oliş böyiça xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Sanjar Toşpölatov,
ÖzA