Investitsion loyihalar muhokama qilindi
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov Dubayning “ACWA Power” kompaniyasi raisi Mohammad Abunayyan bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda qurilish va jamoat ishlari sohasida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, investitsion loyihalarni amalga oshirish, mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda boshqa istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, energetika, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda istiqbolli investitsiya loyihalari bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Toshkent shahrida zamonaviy, barqaror va energiya samarador yechimlarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va qo‘shma tashabbuslarni amaliy bosqichga olib chiqish, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA