Ekologik ekspertizada Koreya tajribasi joriy etilişi mumkin
Koreya Respublikasi Atrof-muhit instituti (Korea Environment Institute — KEI) delegatsiyasining Özbekistonga taşrifi doirasida Davlat ekologik ekspertizasi markazida strategik ekologik baholaş (SEB) tizimini rivojlantiriş hamda Koreya Respublikasi bilan amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga bağişlangan işçi uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuv davomida Markaz vakillari Özbekistonda strategik ekologik baholaşni ötkazişning amaldagi tartibi, jumladan, uning asosiy bosqiçlari, normativ-huquqiy asoslari va amaliyotga joriy etiş mexanizmlari haqida maʼlumot berdi.
Tomonlar SEB metodologiyasini takomillaştiriş, strategik hujjatlarni ekologik baholaşda zamonaviy vositalarni joriy etiş, şuningdek, Koreya Respublikasining ilğor tajribasini milliy şaroit va qonunçilik talablariga moslaştiriş masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida kelgusidagi hamkorlikning asosiy yönalişlari belgilanib, bosqiçma-bosqiç hamkorlik böyiça yöl xaritasini şakllantiriş yuzasidan kelişuvga erişildi. Xususan, KEI ekspertlarini Markaz faoliyatini metodologik jihatdan qöllab-quvvatlaş, maslahat yordami körsatiş hamda Özbekistonda SEBni joriy etiş böyiça amaliy çora-tadbirlarni taşkil etiş jarayonlariga jalb qiliş nazarda tutilgan.
Taşrif doirasida delegatsiya Green University'ga ham taşrif buyurdi. U yerda qöşma ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş, amaliy işlanmalar bilan almaşiş, şuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş sohalari uçun malakali mutaxassislar tayyorlaş istiqbollari muhokama qilindi.
Mazkur taşrif Özbekiston va Koreya Respublikasi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, milliy ekologik ekspertiza tizimini takomillaştiriş, atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan innovatsion texnologiyalarni joriy etiş hamda ilmiy-taʼlim salohiyatini rivojlantiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA