Boliviyada yuk samolyoti halokatga uchradi: 15 kishi halok bo‘ldi
Boliviya poytaxti La-Pas yaqinida valyuta olib ketayotgan yuk samolyoti halokatida 15 kishi halok bo‘ldi.
Mudofaa vaziri Marselo Salinas xabar berishicha, yangi bosilgan Boliviya banknotalarini olib ketayotgan "Hercules C-130" yuk samolyoti El-Alto aeroportiga qo‘nish payti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va shu atrofdagi dalaga qulagan. Havo kuchlari qo‘mondoni Serxio Lora uchoqning olti ekipaj a’zosidan ikki nafari hali topilmaganini bildirdi.

Eslatishicha, samolyot Santa-Kruz shahridan havoga ko‘tarilgan edi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, 500 dan ziyod harbiy xizmatchi va 100 nafar politsiya xodimi halokat joyida to‘plangan olomonni tarqatish uchun hududni nazoratga olgan. Ma’muriyat ushbu terminalga taalluqli barcha kelish-ketish reyslarini vaqtincha to‘xtatdi. Yong‘in xizmati boshlig‘i Pavel Tovar fojia tufali kamida 15 kishi hayotdan ko‘z yumganini ma’lum qildi. Binobarin, qurbonlar uchoq sahnidan yoki yaqin atrofdagi avtomagistraldan topilgani haqida aniq ma’lumot bermadi.
G.Sattorova, O‘zA