Bir guruh tizim xodimlari taqdirlandi
Mahalla tizimida mehnat qilish o‘ziga xos fidoyilik va zahmatli yondashuvni talaba etadi. O‘zbekiston mahallalari uyushmasida bir guruh tizim xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda sohada fidokorona mehnat qilayotgan, tizim rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlarning faoliyati alohida e’tirof etildi.

Xususan, Uyushmada samarali faoliyat yuritib kelayotgan Xurshid Ochilov, Bahodir Shoyimov, Mahbuba Mirahmedova, Jobir Asqarov, Bahrom Kushbakov hamda Jamshid Nazarboyevga ko‘p yillik samarali mehnati, tizim taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi va jamoatchilik orasidagi faolligi uchun “Mahalla iftixori” ko‘krak nishonlari topshirildi.

Shuningdek, Xalqaro oila kuni munosabati bilan mamlakatimizda o‘tkazilgan tanlov doirasida bir qator ibratli oilalar saralab olingan edi. Ular orasida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi mas’ul xodimi Islomiddin Holiqovlar oilasi ham Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining “Ibratli oila” ko‘krak nishoniga munosib deb topildi hamda tantanali ravishda taqdirlandi.
Taqdirlash marosimida Uyushma raisi Qahramon Quronboyev mukofotlanganlarning mehnatini yuksak qadrlab, ularning kelgusidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
N.Usmonova,
O‘zA