Belarus-O‘zbekiston: sport sohasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
Minsk shahrida Belarus va O‘zbekiston hududlari II forumi doirasida ikki davlat o‘rtasida o‘rnatilgan sport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash masalasi tahlil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri maslahatchisi Sherzod Sattorov ishtirok etgan yig‘ilish davomida sport sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari yildan yilga rivoj topayotgani e’tirof etildi.

Anjumanda ishtirok etgan ekspertlar xalqaro maydonda yangi O‘zbekistonning yangi g‘alabalari tobora keng quloch yoyayotganini ta’kidladi.
Ikki davlat o‘rtasida sport infratuzilmasi, bolalar sportini rivojlantirish, hududlar kesimida tajriba almashish, sportchilar va mutaxassislarning tajriba almashishini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilinib, zarur hujjatlar ishlab chiqish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA