Bokschilarimiz Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida boks bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari uchun Osiyo o‘yinlari oldidan so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi.
Terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kengaytirilgan tarkib jalb etilganini bildirib, vatanimiz sharafini XX yozgi Osiyo o‘yinlarida himoya qiladigan bokschilar ro‘yxati yig‘in yakunida e’lon qilinishini qayd etdi.
Joriy yilning 1-sentabriga qadar davom etadigan mashg‘ulotlar davomida sportchilarning qit’a o‘yinlariga tayyorgarligini har tomonlama mustahkamlash, texnik-taktik mahorat va jismoniy holatini yuqori cho‘qqiga olib chiqish belgilangan.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA