Andrey Kanchelskis: "Jahon chempionatida Angliya, Shotlandiya va O‘zbekistonga muxlislik qilaman"
57 yoshlik mutaxassis Sport-Express nashriga intervyu berdi.
Rossiya milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andrey Kanchelskis Sport-Express nashriga bergan intervyusida bo‘lajak jahon chempionatidan kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
"Imkon qadar musobaqani kuzatib borishga harakat qilaman. Agar ishim yo‘l qo‘ysa, albatta. Har qanday holatda ham o‘yinlarni tomosha qilaman. Men o‘zim o‘ynagan va faoliyat yuritgan mamlakat jamoalariga, ya’ni Shotlandiya, Angliya va O‘zbekistonga muxlislik qilaman. U yerlarda ko‘plab do‘stlarim qolgan. Shuningdek, Germaniya, Braziliya va Argentina terma jamoalarining ishtirokini ham kuzataman. Qiziqarli chempionat bo‘lishini kutyapman", — dedi Kanchelskis.
JCh-2026 musobaqasi joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.