Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vazirdan javob keldi: 15 oktyabrdan Qamchiq dovonidagi yo‘l to‘liq ishga tushishi kutilmoqda
14:19 / 2025-09-25

Bir muddat avval O‘zA saytida “Qamchiq dovonidagi tirbandlik qachon hal etiladi?” sarlavhasi ostida material e’lon qilingan edi.

Unda vodiy viloyatlarini poytaxt va voha bilan bog‘laydigan Qamchiq dovonidagi A-373 yo‘lining 119–121 km qismida sement-beton qoplama qo‘yish ishlari olib borilishi kerakligi, ammo uch yil o‘tsa-da, ishlar tugallanmayotgani bayon qilinib, ushbu masala bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilnoza Azizova transport vaziri Ilhom Mahkamovga deputatlik so‘rovi yuborgani ma’lum qilingan edi. (https://uza.uz/uz/posts/qamchiq-dovonidagi-tirbandlik-qachon-hal-etiladi_756404)

Deputatning ma’lum qilishicha, mazkur deputatlik so‘roviga O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligidan rasmiy javob xati kelgan.

Javobda qayd etilishicha, birinchi tasmada beton qoplamasi qo‘yilishi yakunlangan. Ikkinchi tasmadagi ishlar 2025 yil 10 oktyabrga qadar tugallanishi rejalashtirilgan. 2025 yil 15 oktyabrdan boshlab ushbu yo‘nalishda transport harakati to‘liq yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Shuningdek, vazirlik javobida tekshiruvlar jarayonida ayrim qoidabuzarliklar aniqlangani, mas’ul tashkilotlarga rasmiy choralar ko‘rilgani, talablarga rioya qilinmagani sababli ayrim shartnomalar bekor qilingani bayon etilgan.

Yo‘l qurilishida sifat va xavfsizlikni ta’minlash, yo‘ldan foydalanuvchi fuqarolarga qulaylik yaratish muhim masala. Shu bois, deputat ushbu yo‘ldagi ishlar belgilangan muddatda va sifatli qilib amalga oshirilishi ustidan nazoratni davom ettirishini ma’lum qilgan. 

M.Komilova, O‘zA