Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
SHHT Milliy koordinatorlari kengashi yig‘ilishi yakuni bo‘yicha brifing o‘tkazildi
16:21 / 2022-07-28

O‘zA avval xabar berganidek, 24-27 iyul kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Tashqi ishlar vazirligida SHHT Milliy koordinatorlar kengashi majlisi yakuni hamda SHHTga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining bo‘lajak yig‘ilishiga doir rejalarga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi. 

Anjumanda mamlakatimizning SHHT ishlari bo‘yicha Milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov to‘rt kun davom etgan tadbir tafsilotiga to‘xtaldi. 

Ma’lum qilishlaricha, Milliy koordinatorlar ishtirokida o‘tgan an’anaviy yig‘ilishda bugun va ertaga – 28-29 iyul kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tayotgan a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati loyihalari kelishib olingan. 

2022 yil 15-16 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitiga tayyorgarlikning mazmuniy, tashkiliy-protokol masalalari muhokama qilingan. Muloqot chog‘ida tashkilot faoliyatining amaldagi kun tartibiga kiritilgan rejalar ham ko‘rib chiqilgan. 

R.Nurimbetov, shuningdek, Milliy koordinatorlar kengashi tashkilotning joriy faoliyatini muvofiqlashtiruvchi va boshqaruvchi organi hisoblanishini alohida tilga oldi. Aynan shu mexanizm doirasida davlat rahbarlari kengashi, hukumat rahbarlari (Bosh vazirlar) kengashi va tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlariga tayyorgarlik ishlari olib borilyapti. 

B.Xudoyberdiyev, O‘zA