Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Navoiy viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasining tanqidiy maqolaga bildirgan munosabati
18:36 / 2021-02-13

Saytimizda “Mahalla raisi va faollari avariya holatidagi binoda ishlamoqda” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi.

Unda Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Beshkent” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi avariya holatida ekanligi, xodimlar uchun xizmat xonalari yetishmayotganligi tanqid qilingan.

Mazkur holat bo‘yicha Navoiy viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi o‘zining telegram kanalida munosabat bildirgan.

Munosabatda shunday deyiladi:

Navoiy viloyat Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan 2020 yilning mart oyida hududdagi barcha mavjud fuqarolari yig‘inlari joylashgan bino va inshootlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, jami 82 ta fuqarolar yig‘inlari uchun yangi bino qurish zarurati borligi aniqlangan.

Shunga asosan, ushbu mahallalarni namunaviy loyihalar asosida yangidan mahalla komplekslari bilan ta’minlashga qaratilgan birlamchi chora-tadbirlar belgilab olingan. Jumladan, “Navoiy viloyatida 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan har bir mahallada fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari komplekslarini tashkil etish bo‘yicha manzilli dastur” ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, 2020 yilda davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida quriladigan 82 ta mahalla komplekslari ma’muriy binolarining namunaviy loyihalari ishlab chiqildi, hududiy hokimliklar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari tanlab olindi, ularga belgilangan tartibda yer maydoni ajratildi, ma’muriy binolarni inventarlar bilan butlash masalalariga aniqlik kiritildi.

bugungi kunga qadar bu turdagi mahalla komplekslarining 10 tasi foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, 2021 yilda 33 ta, 2022 yilda 39 ta xuddi shu turdagi loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shu jumladan, 2021 yilda Karmana tumani “Beshkent” mahalla fuqarolar yig‘ini uchun ham yangi mahalla kompleksi barpo etish rejalashtirilgan. Hozirda davlat-xususiy sherikchilik tamoyili asosida quriladigan mahalla kompleksi uchun tadbirkorlik sub’ekti tanlab olingan va qurilish ishlari uchun yer maydoni tanlab olingan, shuningdek, zamonaviy tipdagi mahalla kompleksi 2021 yilning yakuniga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.