Rossiya Ukrainaga qarshi harakat boshlasa, Germaniya ruslarga qarshi chora qo‘radi, Gaiti prezidenti bilan vidolashuv bo‘lmadi, Rossiya Tolibonni qora ro‘yhatdan chiqarmoqchi emas.
Germaniya AQSH bilan muzokara o‘tkazdi. Unga ko‘ra, Rossiya energiyani qurol sifatida ishlatmoqchi bo‘lsa yoki Ukrainaga qarshi harakat boshlasa, Germaniya chora ko‘rishga majbur bo‘ladi.
*
Janubiy Afrika Respublikasining qator shaharlarida tartibsizliklar yuzaga kelgan, sobiq prezident Yakob Zuma korrupsiyada ayblanib qamalgan edi, fuqarolar unga qarshi namoyishlarga chiqqan. Natijada 72 kishi tartibsizlik qurboniga aylandi.
*
Gaitining Kap-Aiten shahrida tartibsizliklar tufayli marhum prezident Jovenel Moiz bilan vidolashuv bekor qilindi, uning Kap-Aitendagi dafn marosimi bugun bo‘lib o‘tdi. Shaharda noroziliklar hali ham davom etyapti, fuqarolar ommaviy tartibsizliklarni paydo qilishga uringan, shu bois vidolashuv marosimi bo‘lmadi.
*
Koronavirus keng tarqalishi tufayli Indoneziyani tark etayotgan xorijliklarning to‘lqini borgan sari kuchayib bormoqda.
*
Turkiya shimoli-sharqidagi Riza va Artvin viloyatlarida kuchli yomg‘ir va jala tufayli suv toshqinlari kuzatildi. Tabiiy ofat hududiga yetib kelgan ichki ishlar vaziri Suleyman Soyluning aytishicha, qurbonlar yo‘q, bir necha odam jarohatlangan.
*
Rossiya hukumati Tolibon harakatini taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmayapti, Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov hozircha bu masalada hech qanday yangilik yo‘qligini aytdi.
*
Xorijda ro‘y bergan voqea-hodisalarning qisqacha tafsilotlari O‘zA sayti orqali muntazam berib boriladi. Bizni kuzatishda davom eting.