Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Dunyo olimlarining kulgili xatolari
10:18 / 2018-01-18

Saytimizda oldinroq nafaqat ixtiro va kashfiyotlari, balki kulgili xatolari ham tarixda qolgan olimlar haqida hikoya qilgan edik. Navbat Edvin Xabbl va Laynus Polingga.

Saytimizda oldinroq nafaqat ixtiro va kashfiyotlari, balki kulgili xatolari ham tarixda qolgan olimlar haqida hikoya qilgan edik. Navbat Edvin Xabbl va Laynus Polingga.

Edvin Xabbl: Uzr, sizni yoshroq deb o‘ylabman...

Эдвин Хаббл.jpgXX asrning atoqli falakshunoslaridan biri Edvin Paueel Xabbl amerikalik bo‘lib, 1889-1953-yillarda yashagan.

U olam cheksiz ekanligi, koinot Somon yo‘li bilan bilan chegaralanmasligini birinchilardan bo‘lib aytgan. U ta’kidlaganidek, bizning galaktikamiz kosmosda zarradek bir gap. Ammo astranom borliqqa yosh berishda adashgan ekan.

1929-yilda u o‘z hisob-kitoblariga asoslanib, olam 2 milliard yoshda degan xulosa keladi. Ammo, oradan ko‘p o‘tmay, fiziklar uning adashganini isbotlashadi. Aslida bizni o‘rab turgan cheg-chegarasiz borliqning yoshi 3-5 milliard yilga tengdir.

Laynusning tishi DNKga o‘tmadi

Лайнус Полинг.jpg1901-1994-yillarda yashagan Laynus Poling ham amerikalik olim. Kimyo sohasida izlanishlar olib borgan Laynus Nobel mukofotini ikki martalab olgan. Mukofotni uchinchi marta qo‘lga kiritaman deganda uni dog‘da qoldirishdi.

O‘tgan asrning 50-yillarida u DNK qurilmasi ustida ish olib boradi. Xuddi o‘sha vaqtda boshqa olimlar - Frensis Krik va Jeyms Uotson ham ayni shu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan edi. Va ular Laynusdan "Nobel"ni ilib ketishdi. "Raqiblari"ning tadqiqoti bilan tanishgan olim xatoga yo‘l qo‘yganini anglaydi. Ha, u "aniqlagan"dek, DNK spirali uch tomonlama emas ikki tomonlik ekan.