Nikola Tesla, Tomas Edison, Albert Eynshteyn, Fred Xoyl, Benjamin Franklin, Edvin Xobbi, Laynus Poling, Charlz Darvin, Isaak Nyuton. Bu olimlar tarixga faqat ilm-fan sohasidagi olamshumul ishlari bilan kirmagan ekan.

Nikola Teslaning "ilk parvozi" 

Никола Тесла1856-1943 yillarda yashagan olim asosan AQSh va Fransiyada ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Fizik va injenerning elektrotexnika va radiotexnika sohasidagi ixtirolari o‘z vaqtida ilm-fanni o‘nlab yillarga olg‘a siljitib yuborgan. Ammo u bolaligidagi bir qilmishi uchun bu dunyo bilan xayrlashishiga sal qolgan ekan. 

Kunlarning birida yosh Tesla chuqur-chuqur nafas olib, o‘pkani kislorod bilan to‘ldirish mumkinligiga aqli yetib qoladi. Shunday qilsam, vaznim yengillashib qushdek ucha olaman degan xayolga boradi. Omborxonaning tomiga chiqib, boshi aylanib ketgunicha o‘pkasini havoga to‘ldirib, ochiq soyabon bilan pastga sakraydi. Birozdan so‘ng onasi uni behush holatda topib, qilmishi uchun bir haftalik uy qamog‘i bilan jazolaydi. 

Binokorlikda "qovun tushirgan" Tomas Edison

AQShlik ixtirochi va tadbirkor Tomas Edison 1847-1931 yillarda yashagan. U vatanida ixtirolari uchun 1093 ta, boshqa mamlakatlarda uch mingga yaqin patent olgan. Fonografni yaratgan. Telegraf, telefon, kinoga olish uskunalarini takomiliga yetkazgan. Elektr cho‘g‘lanmali lampalarning ilk tijoriy nusxalari ham uning ixtirosidir. 

Томас ЭдисонTomas EdisonIxtirochi binokorlikka ham juda qiziqqan ekan. Ayniqsa sement qorishmasidan tayyorlanuvchi "beton"ga muxlis bo‘lgan. Uning fikricha uy-joylar poydevoridan tortib tomigacha betondan bunyod etilsa, harajat nisbatan kam bo‘ladi. Amalda uning taklifi o‘zini oqlamadi. Axir hammaning didi har xil, ayniqsa uy shakli borasida. Beton quyish uchun uyning har bir detaliga moslab qolip yasash juda qimmatga tushib ketadi. 

Tomas Edisonning "beton" texnologiyasi asosida 11 ta uy-joy qurilgan ekan. Lekin, ulardan birontasi ham o‘z xaridorini topmagan. 

Benjamin Franklinning antiqa kurkasi

Бенджамин ФранклинBendjamin Franklin1709-1790-yillarda AQShda yashagan siyosatchi, jurnalist, yozuvchi va ixtirochi Benjamin Franklin ilm-fanning fizika va geografiya sohalarida izlanish olib borgan. 

U o‘z tajribalariga asoslanib, elektr tokidan oshxonada ham foydalanish mumkin, degan fikrga keladi. Masalan biron taomga atalgan kurkaning jonini olishda. Topgan usulini tanish-bilishlariga ko‘rsatish uchun o‘z uyida bazm uyushtiradi. Oshxonada mehmonlar ko‘z-o‘ngida "yangicha yo‘l" bilan parrandalarni birin-ketin u dunyoga ravona qilaveradi. Nogoh elektr toki o‘ziga urilib, hushdan ketadi. Mehmonlarning o‘takasini yorib, bir muddatgacha ko‘zini ochmaydi... 

Davomi bor... 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarix so‘zlaydi: dunyo olimlarining kulgili xatolari