“The Diplomat” nashri e’lon qilgan maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyati butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgani, yaxshi qo‘shnichilik va umumiy taraqqiyotga qaratilgan siyosat mintaqaviy hamkorlikka kuchli turtki berib, Markaziy Osiyoning besh davlati va AQSHni birlashtirgan C5+1 formati shakllanishi uchun qulay zamin yaratgani ta’kidlangan.

O‘zbek omili: «tahdid» emas, «hamkorlik»

Muallif fikricha, aynan so‘nggi yillarda qo‘shni mamlakatlar bilan munosabat “mutlaqo yangi muhit”da shakllanib, davlatlarimiz bir-biriga salohiyatli hamkordek qaray boshladi. Ko‘p yillar davom etib kelgan chegaralar bilan bog‘liq masalalar tartibga solinishi ham ijobiy yondashuvning amaliy  natijasidir.

S5+1 xronologiyasi: Samarqanddan Nyu-York deklaratsiyasigacha

“The Diplomat” nashri 2015 yil Samarqandda bo‘lib o‘tgan S5+1 formatidagi dastlabki muloqotdan so‘ng, deyarli, har yili tashqi ishlar vazirliklari darajasida uchrashuvlar tashkil etilib, bir marta davlatlar yetakchilari  sammiti ham bo‘lib o‘tganiga e’tibor qaratgan. Zero, munosabatlar rivojlanishi mexanizmi Amerika tashqi siyosatidagi o‘zgarishlarga ham bog‘liq edi. Xullas, tomonlar 2016-2023 yillar davomida Vashington, Nyu-York, Toshkent, Ostona shaharlarida ko‘plab uchrashuvlarda qatnashdi. Ayniqsa 2023 yil sentyabrdagi yetakchilarning birinchi sammiti va 2022 yil tashkil etilgan kotibiyat hamda iqtisodiyot, energetika, ekologiya va xavfsizlik  bo‘yicha ishchi guruhlarga asoslangan Nyu-York deklaratsiyasi o‘zaro munosabatlar rivojida muhim bosqich bo‘ldi.

Hamkorlikning uch asosiy yo‘nalishi

Nashr kun tartibini uch yo‘nalishga ajratgan:

  1. Iqtisodiyot – savdo aloqalari, xususan o‘ta muhim moddalar, jumladan noyob yer minerallari mavzusini chuqurlashtirish.
  2. Ekologiya – AQSH texnik va moliyaviy ko‘magida cho‘llanishga qarshi kurashish va ekotizim (Orol, Kaspiy dengizlari)ni asrab-avaylash loyihalariga ko‘maklashish.
  3. Xavfsizlik– AQSH Afg‘onistondan chiqib ketgach, radikal tahdidlarni bartaraf etishga ko‘maklashish, qo‘shma tadbirlar va texnik yordam.

Uchrashuvsiz yubiley va keyingi qadamlar

“The Diplomat” 2025 yil formatning 10 yilligi ekanini eslatib o‘tarkan, Nyu-Yorkdagi BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlari va Tashqi ishlar vazirlari ishtirok etganiga qaramay, S5+1 uchrashuvi uyushtirilmaganiga e’tibor qaratdi. Darvoqe, tahririyatning   oktyabr oyi oxirlaridagi bir materialida 6 noyabr kuni Vashingtonda yetakchilar sammiti bo‘lib o‘tishi ta’kidlangan.

Shu nuqtai nazardan mintaqa va AQSH uchun S5+1 tuzilmasi faoliyati davom etishining dolzarbligi saqlanib qolmoqda. Ya’ni, Markaziy Osiyo mamlakatlari ko‘p qirrali sheriklik masalasiga ustuvorlik berishi Vashington bilan institutsional muloqot orqali qo‘llab-quvvatlanishi mantiqan tushunarli.

Xulosa

“The Diplomat” nashri mavzuga quyidagicha xulosa yasagan:

– Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan olib borilayotgan siyosat yaxshi qo‘shnichilik,  to‘siqlarni olib tashlash, ochiqlikka ustuvor  e’tibor qaratgan holda o‘zaro ishonchni kuchaytirish va S5+1 kun tartibini  amaliy mazmun bilan  boyitishda muhim omildir. Kotibiyat hamda ixtisoslashgan guruhlarning  institutsional faoliyati va muntazam siyosiy muloqot bilan mustahkamlanayotgan format muhim maydon bo‘lib qolmoqda. Bu jarayonda O‘zbekiston salmoqli o‘rin tutib, barqarorlikni ta’minlovchi vazifasini bajarmoqda.

Abduaziz Xidirov, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“The Diplomat” S5+1 haqida: mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda O‘zbekiston va Shavkat Mirziyoyevning roli