Keyingi yillarda O‘zbekistonning tashqi siyosiy va iqtisodiy faolligi yangi bosqichga ko‘tarildi. Mamlakatning dunyo maydonidagi nufuzi ortib, yetakchi davlatlar bilan muvozanatli va pragmatik hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu jarayon nafaqat mintaqaviy, balki global iqtisodiy tizimga chuqurroq integratsiyani ham nazarda tutadi.

Shu yo‘nalishdagi muhim bosqichlardan biri — Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zolik jarayonidir. O‘zbekiston bugungi kunda mazkur tashkilotga qo‘shilish bo‘yicha faol muzokaralar olib borib, finish chizig‘iga yaqinlashmoqda.

JST bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maxsus vakili Azizbek O‘runovning ma’lum qilishicha, mamlakatimiz Kanada va Panama bilan muzokaralarni yakunladi. Uning ta’kidlashicha, a’zolikka erishish uchun faqat uchta davlat bilan muzokaralar qolgan, xolos.

Bu natija O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimidagi ochiqlik, barqarorlik va qonun ustuvorligiga tayanayotgan siyosatining samarasi hisoblanadi. Mamlakat eksport salohiyatini kengaytirish, investitsiya muhitini yaxshilash va raqobatbardosh iqtisodiy tuzilma yaratish orqali JST talablariga mos tizim yaratish yo‘lida izchil qadamlar tashlamoqda.

Shu bilan birga, O‘zbekistonning tashqi siyosatdagi pragmatik yondashuvi faqat iqtisodiy sohalar bilan cheklanmaydi. Mamlakat AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan «C5+1» formati doirasidagi muloqotlarda faol ishtirok etmoqda. Bu format xavfsizlik, “yashil” energetika, transport va raqamli iqtisodiyot kabi sohalarda amaliy hamkorlikni mustahkamlamoqda.

AQSH O‘zbekistonni mintaqa uchun barqarorlik va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda muhim hamkor sifatida ko‘radi. Mamlakatimizda amerikalik sarmoyadorlar ishtirokidagi korxonalar soni 300 tadan oshgan, USAID, DFC va USTDA kabi agentliklar bilan yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

JSTga a’zolik esa ushbu tendensiyalarni yanada mustahkamlaydi. O‘zbekistonga xalqaro savdo maydonida teng huquqli ishtirokchi sifatida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bu mamlakatning dunyo iqtisodiyotiga integratsiya jarayonini tezlashtirib, milliy mahsulotlarni jahon bozoriga chiqarishni yengillashtiradi.

Xulosa qilib aytganda, JSTga a’zolik sari yaqinlashish bu nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy va diplomatik sohadagi katta yutuqdir. Bu qadam mamlakatning xalqaro nufuzini yanada oshirib, dunyo hamjamiyatidagi munosib o‘rnini mustahkamlaydi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yo‘lida finish chizig‘iga yaqinlashmoqda