Qisqa xabarlar (+video)
O‘zbekiston Prezidenti yangi tayinlangan xorijiy elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Mahalliy byudjetlar boshqaruvida o‘zgarishlar kutilmoqda. Buxoro va Qashqadaryoda korrupsion holatlar fosh etildi....Shuningdek, Yurtimiz sportiga oid yangiliklar bilan "Qisqa xabarlar" dasturi
28-iyul kuni xorijiy davlatlarning mamlakatimizga yangi tayinlangan elchilari tomonidan ishonch yorliqlarini topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi.
Parlament quyi palatasi majlisida mahalliy byudjetlarni boshqarishda tezkorlikni ta’minlash va mustaqillikni oshirish hamda byudjet jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlarda yer maydonlarini rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq noqonuniy harakatlar fosh etildi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktabr oyidagi FIFA kunlari doirasida Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ODMm07kXH9s" title="Qisqa xabarlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Yoqub Meliboyev, O‘zA