O‘zingga ishon! O‘z ustingda ishla! O‘z yurtingga munosib bo‘l!
Prezidentimiz yosh sportchilarga murojaat qilib, chempionlikka kuchli iroda va temir intizom orqali erishilishini ta’kidladi. Ilgari surilayotgan “O‘z” g‘oyasining mazmun-mohiyati ham shunda ekanini qayd etdi.
– O‘zingga ishon! O‘z ustingda ishla! O‘z yurtingga munosib bo‘l! – dedi Prezidentimiz. Xalqaro maydonda mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarilib, madhiyamiz yangraganda butun xalqimiz sportchilarimiz bilan faxrlanishini ta’kidladi.
Yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelasi yildan Prezident Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlarining pul mukofotlari 2,5 baravar oshiriladi. Birinchi o‘rin sohiblariga 25 million, ikkinchi o‘rin uchun 12 million, uchinchi o‘rin uchun 6 million so‘m beriladi.
Shuningdek, olimpiadada g‘olib bo‘lib, O‘zbekiston rekordini yangilagan maktab bitiruvchilari oliygohlarning sport yo‘nalishlariga imtihonsiz, davlat granti asosida qabul qilinadi.
O‘zA