28 ta tumanda birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha yangi tizim sinovdan o‘tkazildi
– Doim aytaman, birlamchi bo‘g‘in qancha yaxshi ishlasa, xalqimiz shuncha sog‘lom bo‘ladi, – dedi Prezidentimiz.
Shu maqsadda 28 ta tumanda birlamchi tibbiy yordam sifatini oshirish bo‘yicha yangi tizim sinovdan o‘tkazildi. Ushbu tumanlarda 7 million aholi oilaviy shifokorlarga nomma-nom biriktirildi, ikki tomonning vazifa va majburiyatlari o‘zaro bitimda belgilandi.
Yangi laboratoriyalar ishga tushirilib, shifokor va hamshiralar o‘qitildi, “bemor marshruti” ishlab chiqildi. Bu poliklinikalarga aholi ishonchini oshirdi. Kafolatlangan paket doirasida ambulator bemorlarga 69 turdagi dori vositasi bepul berilmoqda.
Birlamchi bo‘g‘inda samara bergan ushbu model kelasi yildan yana 100 ta tumanda yo‘lga qo‘yiladi.
O‘zA