Milliy terma jamoamiz Atlanta shahriga yetib keldi
Joriy yilning 11-iyunidan 19-iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksika davlatlarida futbol bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 48 ta terma jamoasi 12 ta guruhga bo‘lingan holda mundial bosh sovrini uchun o‘zaro kuch sinashadi.
Mazkur chempionatda ishtirok etayotgan Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Nyu-Yorkdan mundial davomidagi qarorgohi joylashgan Atlanta shahriga yetib keldi. Jamoamiz mundialga qadar ushbu shahardagi ilk mashg‘ulotini “Atlanta United” bazasida o‘tkazadi.


Ma’lumot uchun, milliy terma jamoamizning “K” guruhidagi uchrashuvlari taqvimi quyidagicha ko‘rinish olgan:
1-tur: O‘zbekiston — Kolumbiya, Mexiko, “Asteka” stadioni, 18-iyun soat 07:00;
2-tur: Portugaliya — O‘zbekiston, Xyuston, "NRG" stadioni, 23-iyun soat 22:00;
3-tur: Kongo DR — O‘zbekiston, Atalanta, “Mercedes-Benz Stadium” stadioni, 28-iyun soat 04:30.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA