Gulandom Subxonova: menga taqilgan “Do‘stlik” ordeni o‘zbek-tojik do‘stligi nishonasi deb bilaman (+video)
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh o‘zbekistonlik va tojikistonlik madaniyat va san’at sohasi vakillari davlat mukofotlari bilan taqdirlangani haqida xabar bergandik.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati “Nuri niyogon” shashmaqom ansambli rahbari Shuhratjon Nabiyev O‘zbekiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Shuningdek, Tojikiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasidagi tojik milliy madaniy markazi raisi Gulandom Subxonova Tojikiston Respublikasining “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.
Gulandom Subxonova O‘zA muxbiriga intervyu berib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ushbu yuksak unvon o‘zbek va tojik xalqlari munosabatlarini yanada rivojlantirishga turtki bo‘lishiga ishonch bildirildi.

– Hayotimda yana bir quvonchli voqea ro‘y berdi. Prezidentlarimizning oqilona siyosatlari tufayli bugun “xalqimiz, elimiz” deb aytadigan shiorlar haqiqatga aylandi. Mening ko‘ksimda hurmatli Emomali Rahmon farmoniga binoan taqilgan Tojikiston Respublikasi “Do‘stlik” ordeni turibdi. Bu ikki davlat do‘stligi nishonasi deb bilaman. Ushbu yuksak unvon, bildirilgan ishonch meni ikki xalq ravnaqi uchun kuch-g‘ayratimni safarbar etib, ishlashimga turtki bo‘ladi, – dedi Respublika tojik milliy madaniy markaz raisi.
Batafsil intervyuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda tomosha qiling.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda O‘zbekistonda “Tojikiston madaniyati va kinosi kunlari” bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirlar 29-mart kuniga qadar davom etadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/1YS7BDifb1o" title="Gulandom Subxonova: menga taqilgan “Do`stlik” ordeni o`zbek-tojik do`stligi nishonasi deb bilaman " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV, Iskandar ISMATOV (video), O‘zA