Samarqandda aholi xizmatida bo‘lgan avtobuslar soni yanada oshadi (+video)
Prezident tashrifidan so‘ng...
Bugun yurtimizning qay go‘shasiga bormang, aholi uchun zamonaviy, yangi avtobuslar xizmat qilayotganiga ko‘zingiz tushadi. Bu esa xalqimiz manzillariga ravon yetib borishlarida muhim omil bo‘lmoqda.
Davlatimiz rahbarining 2023-yil 17-fevralda qabul qilingan “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida chekka hududlarda ham avtotransport xizmatlari yaxshilanib, jamoat transporti yo‘nalishlari kengaytirilmoqda.
Bunda avtobuslarni zamonaviy talablar asosida modernizatsiya qilish, yo‘nalishlar bo‘ylab ekologik toza avtotransportlarni tashkil etishga alohida yondashilmoqda.
Ayni maqsadlarda Samarqand shahriga birinchi bosqichda 49 million dollar hisobiga 100 ta zamonaviy elektrobus olib kelindi.

Mazkur Yutong rusumli elektrobuslar 30 o‘rinli bo‘lib, umumiy sig‘imi 75 nafar hisoblanadi.
Hududning 4 gektarga yaqin qismida avtosaroy tashkil etilgan.
Davlatimiz rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi doirasida 18-mart kuni mazkur avtosaroyda bo‘ldi.
– Bu yerdagi elektrobuslarni quvvatlash stansiyasida bir vaqtning o‘zida 50 ta jamoat transportiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi, – deydi “Samarqandyo’lovchitrans” davlat muassasasi rahbari Otabek Abdullayev. – Elektrobuslar uchun barpo etilgan yopiq turargohda texnik xizmat ko‘rsatish uchun mobil ta’mirlash texnikasi ham mavjud. Elektrobuslar shaharning 9 ta yo‘nalishida brutto-shartnomasida harakatlanib, kuniga 70 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Loyihaning ikkinchi bosqichida esa yana qo‘shimcha 250 ta elektrobus xarid qilish nazarda tutilgan.
Davomi quyidagi videoda:
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/8r0EyQX94WE?si=rD2z5rBoZHX5lApw" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Yoqub MELIBOEV (video),
O‘zA