Samarqandga yil yakunigacha 6 million turist olib kelish maqsadi belgilab olindi
Joriy yilning o‘zida dunyoga mashhur bo‘lgan kamida 5 ta san’atkorning gastrolini, shuningdek, 10 ta biznes forumi va moda festivalini Samarqandda o‘tkazish muhim ekani ta’kidlandi.
Shu bilan birga, Samarqandni aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha olimpiada, forum va ilmiy konferensiyalar o‘tkazadigan xabga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar borligi ko‘rsatib o‘tildi.
Masalan, 2028-yilda Samarqandda o‘tkaziladigan Xalqaro astronavtika kongressida hozirning o‘zida yuzdan ortiq davlatdan 10 mingga yaqin odam ishtirok etish istagini bildirgan.
Mutasaddilarga mazkur yo‘nalishdagi xalqaro tashkilotlar bilan ishlab, maxsus dastur ishlab chiqish topshirildi.
Bu imkoniyatlar hisobiga Samarqandga yil yakunigacha 6 million turist olib kelish maqsadi belgilab olindi.
O‘zA