Milliy san’atimiz va madaniyatimizning yuksak e’tirofi
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor, milliy tasviriy va amaliy san’atimizning jonkuyar targ‘ibotchisi Kamola Akilova Turk dunyosi Badiiy akademiyasining haqiqiy a’zosi bo‘ldi.
Mazkur yuksak e’tirof Kamola Akilovaning san’atshunoslik ilmi, milliy madaniyat va tasviriy san’at rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, o‘zbek san’ati va ma’naviy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib etishdagi samarali faoliyati, shuningdek, TURKSOY doirasida turk dunyosi ayol rassomlari ijodiga oid amalga oshirilayotgan loyihalardagi jonbozligi va tashabbuskorligi uchun berildi.
Ushbu nufuzli akademiyaga haqiqiy a’zo bo‘lish nafaqat olimaning shaxsiy yutug‘i, balki O‘zbekiston san’atshunoslik maktabi va milliy madaniyatimiz nufuzining turkiy dunyo miqyosida yanada yuksalayotganidan dalolat beradi.
Nazokat Usmonova, O‘zA