O‘zbekiston Milliy axborot agentligiga Toshkent shahar Uchtepa tumani 24-mavze Vatanparvar mahallasi 21 va 23-ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar “Yangi hayot lyuks” uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan norozi bo‘lib, murojaat yo‘llagan edi.

Kelib tushgan murojaat asosida yuqoridagi manzilda O‘zA muxbiri o‘rganish ishlarini olib bordi. 

O‘rganishlar davomida “Yangi hayot lyuks” uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagani, uylarning texnik holati qoniqarsiz, aholi murojaatlariga esa umuman e’tibor qaratilmasligi aniqlandi. 

Shuningdek, o‘rganish jarayonida Uchtepa tumani 21 va 23-24-mavzedagi ko‘p kvartirali uy-joylardagi kommunal xizmatlar, fuqarolarga yaratilgan shart-sharoit ko‘zdan kechirilib, qator kamchiliklar aniqlandi. Fuqarolar ko‘p qavatli uylarning yerto‘lasida doim quvurlar yorilib, suv toshqini bo‘lishi, uylarning atrofi chiqindilardan tozalanmasligi, ko‘p qavatli uyning tomidan yog‘ingarchilik mavsumida suv o‘tib, muammo bo‘layotganini bildirdi. 

O‘rganish jarayonlari aks etgan, O‘zAda e’lon qilingan "Fuqarolar uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatidan norozi: Atrofi chiqindiga to‘lgan uylar, eshigi ta’mirtalab binolar, o‘nqir-cho‘nqir yo‘laklar..." sarlavhali videomaterial yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi

Unda qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan o‘rganish ishlarini olib borish uchun tegishli tartibda choralar ko‘rilmoqda. Jarayon tafsilotlari haqida qo‘shimcha ma’lumot taqdim qilinadi. 

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zAda e’lon qilingan materialga Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi