Sir emaski, yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk sarkardalarimizning merosi, harb ilmi, boy jang san’ati sirlari jahon ahlini hamisha qiziqtirib kelgan. Shu paytga qadar ajdodlarimizning ma’naviy va moddiy jihatlariga urg‘u berib o‘rganar edik, bugungi kunda esa ularning harbiy san’ati haqida ham alohida yondashuvlar olib borilmoqda.
Jumladan, tariximizda o‘ziga xos davlatchiligi bilan ajralib turgan abdallar urug‘ining o‘z o‘rni bor va ularning sarhad saqlashdagi mahorati ham mashhur.
– Abdallar aslida qanday urug‘ va ular yurtimizning qaysi hududlarida yashagan?
– Harb ishida abdallar qanday mahoratga ega bo‘lgan?
– Umuman, mahoratli sarkardalarimizning harbiy taktikalari bugungi davr siyosati va yosh avlod uchun qay jihatdan asqatadi?
Shu kabi savollar yuzasidan Tarix instituti “Harbiy tarixni o‘rganish” markazi kichik ilmiy xodimi Mardonbek Rajabovning fikrlariga qiziqdik.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/RQnhbzsUbG8" title="Harbiy tarix yoxud sarhad saqlagan ABDALLAR…" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA